Ishonch telefoni

O'qituvchi

9-04-2025, 10:26
28
I. Lаvоzim mаjburiyatlаri
a) ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, madaniy darajani o‘stirish, o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviy va estetik tarbiyasi, milliy va jahon san’atining yuqori namunalariga jalb qilishni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ma’suliyatli va hurmatga sazovor vazifani bajaradi;
b) yosh avlodning umumiy estetik tarbiyasidagi asosiy muammolarni hal qiladi, madaniy jihatdan bilimdon jamiyatni shakllantirishni ta’minlovchi badiiy ijodga bolalarni jalb qiladi, o‘rta-maxsus madaniyat va ta’lim muassasalarida (akademik litseylar, san’at kollejlari) ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va mukammallashtirishni davom ettirish maqsadida iqtidorli o‘quvchilarni aniqlaydi;
d) o‘quvchilar bilan BMSM uchun davlat talablari, o‘quv reja, o‘tayotgan fani bo‘yicha dastur talablariga muvofiq dars o‘tilishini ta’minlaydi hamda turli xil dars mashg‘ulotlarini o‘tkazadi (eshituv, ijodiy ko‘rik, ijodiy namoish, texnik sinov, spektakl, plener, repetitsiya, akademik konsert, mahorat darslari, leksiya, seminar, nazorat ishi, praktik mashg‘ulot, laborator mashg‘ulot);
e) BMSM direktori tomonidan tasdiqlangan o‘quv darslari jadvaliga muvofiq o‘ziga yuklatilgan yuklamaning hajmini bajarish tartibida ishlaydi; rejalashtirilgan umum maktab tadbirlarida ishtirok etadi;
f) o‘quvchining shaxsiy ish rejasini (o‘qitishning individual shakli uchun), taqvim-mavzu rejasini (o‘qitishning guruh shakli uchun) tuzadi; o‘z sinfi o‘quvchilarining davomadi va o‘zlashtirishi nazoratini olib boradi; olib borayotgan fani bo‘yicha bilimlarning joriy va yakuniy sifatini, ko‘nikma va mahoratini baholaydi;
g) o‘quvchilar tayyorgarligining sifati uchun, Davlat talablari, o‘quv rejaga muvofiq ta’lim dasturining to‘liq hajmda amalga oshirilishi uchun va bitiruvchilarning tayyorgarligi sifati uchun javobgar;
h) o‘quvchilarning uy vazifasini bajarishlarini nazorat qiladi, tegishli o‘quv fani bo‘yicha dastur talablariga muvofiq o‘quvchilarni o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlaydi; ta’lim jarayonida o‘quvchiga yordam ko‘rsatadi; qonaqarsiz o‘zlashtirish sabablarini aniqlaydi va ularni bartaraf etishni tashkil qiladi;
i) o‘quvchilar bilan imtihonlarga, akademik konsertlarga, tasviriy, amaliy, teatr san’ati bo‘yicha ko‘rgazmalarga, sinfdan-sinfga o‘tish va bitiruv imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini olib boradi;
j) o‘quvchilarda tartiblilikni, darslarda qat’iyat va intiluvchanlikni ularning yoshi xusussiyatlarini inobatga olgan holda va alohida yondashgan holda tarbiyalaydi;
k) o‘quv-tarbiyaviy jarayonga ota-onalarni jalb qiladi (sinf ota-onalar majlislari, birgalikdagi ijodiy ishlar, maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi ishlar va h.k.); maktabni boshqarishda faol ishtirok etishga( maktab kengashi, ota-onalar qo‘mitasi), o‘quvchilarning sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ijodiy faoliyatida va BMSM ning konsert-ko‘rgazma ishlarida ishtirok etishga jalb qiladi;
l) ota-onalar bilan boshlang‘ich san’at ta’limi masalalari bo‘yicha ma’rifiy ishlarini olib boradi, ota-onalarning psixologik-pedagogik, badiiy-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashadi (leksiyalar, seminarlar, individual maslahatlar, amaliyotlar, bahs-munozaralar va h.k.), ular bilan ishlashda BMSMning rivojlanishiga sharoit yaratuvchi hamkorlik tamoyillarini ta’minlaydi hamda BMSM o‘quvchilarini estetik tarbiyalash va ularga badiiy ta’lim berish uchun qulay sharoitlarni yaratishda ko‘maklashadi;
m) san’at sohasiga muvofiq bo‘lgan ta’lim dasturida o‘z aksini topgan BMSMning ijodiy, ma’rifiy va uslubiy dasturlarini amalga oshirish doirasida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil qiladi va o‘tkazadi: umumta’lim maktablarida, maktabgacha ta’lim muassasalarida, mehribonlik uylarida konsert-ko‘rgazma tadbirlarida ishtirok etish; BMSM o‘quvchilarining filarmoniya, muzey, ko‘rgazma va konsert zallarida, teatrlarda ishtiroki;
n) tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan ta’lim oluvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil qiladi (ko‘rik-tanlovlar, festivallar, mahorat darslari, olimpiadalar, konsertlar, ijodiy kechalar, ko‘rgazmalar, teatrlashgan tomoshalar va x.k.);
o) o‘z sinfi o‘quvchilarini maktab, tuman, shahar, viloyat, Respublika ko‘rik tanlovlari, olimpiadalari va festivallarida ishtirok etishga tayyorlaydi;
p) BMSM ga o‘quvchilarni jalb etishda ishtirok etadi;
q) o‘zining pedagogik va ijrochilik mahoratini takomillashtirgan holda professional mahoratini doimiy ravishda oshirib boradi; ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlovchi bolalar psixologiyasi va olib borayotgan fanidan badiiy pedagogikaning so‘nggi yutuqlarini o‘rganadi;
r) egallab turgan lavozimiga muvofiqligini tasdiqlash va malaka toifasini aniqlash uchun BMSM tomonidan belgilangan vaqtda majburiy ravishda attestatsiyadan o‘tadi;
s) pedagogik kengashning, bo‘limning barcha yig‘ilishlarida va uslubiy faoliyatning boshqa shakllarida ( uslubiy mashg‘ulotlar, seminarlar, ochiq darslar, mahorat darslari, tajriba almashish maqsadida o‘z hamkasabalarining darslarida ishtirok etish, uslubiy konferensiyalarda, hisobotlarni tayyorlashda, uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda va x.k) ishtirok etadi; majlislar, ishlab chiqarish kengashlarida, akademik konsertlarda, zachyot va imtihonlarda ishtirok etadi;
t) BMSMdagi ta’lim jarayonini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi;
u) o‘z sinfining xujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtiradi va topshiradi (jurnal, reja, hisobot va boshqalar);
v) ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hayoti va sog‘ligini saqlanishini ta’minlaydi, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qoidalarini bajaradi.
II. O‘qituvchi lavozimiga qo‘yilgan umumiy malaka talablari:
a) o‘qituvchi xodimga mutaxassis malaka toifasini berish o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot (bakalavr) to‘g‘risidagi diplom bo‘lgan holda attestatsiyasiz amalga oshiriladi;
b) o‘qituvchiga ikkinchi malaka toifasini berish quyidagi ko‘rsatgichlar asosida amalga oshiriladi:
o‘qituvchi xodim malakasi — badiiy pedagogika amaliyoti va nazariyasidagi bilim darajasi, qobiliyat va ko‘nikmalari, o‘tayotgan fanining asoslarini, bolalar psixologiyasi asoslarini, o‘quv-uslubiy ishlar tahlili;
o‘qituvchi xodimning professionallik darajasi — o‘quv rejaning, dastur talablarining bajarilishini ta’minlash, o‘quv jarayonida yuqori natijalarini ta’minlovchi badiiy-musiqiy pedagogikaning yangi yutuqlarini, vositalarini qo‘llagan holda o‘quvchilarni yuqori professional darajada o‘qitish; ta’lim jarayonida qulay iqlim yaratish qobiliyati;
o‘qituvchi xodim mehnatining samaradorligi — o‘quvchilarni estetik tarbiyalash va badiiy ta’lim berishda ijobiy natijalarni ta’minlash;
o‘z sinfining kontingentini saqlab qolishni ta’minlovchi amaliy faoliyat, davlat talablari va dasturga amal qilgan holda o‘quvchilarga sifatli bilim berish;
BMSMda o‘qitish bo‘yicha olib borilgan ishlarning samaradorligi;
ijodiy jamoalar, uslubiy kengashlar, tajriba maktablari, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar, maktabning ma’rifiy faoliyatida ishtirok etish;
o‘quvchilarining turli xil tanlovlar, festivallar va olimpiadalarda ishtirok etishlari;
oliy ma’lumot (kamida bakalavr va musiqa sohasidagi o‘rta mahsus tayanch ma’lumoti bilan) to‘g‘risidagi diplom va oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimida uch yildan kam bo‘lmagan mehnat staji.
Magistr darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi xodimga attestatsiyadan o‘tguniga qadar ikkinchi malaka toifasi beriladi.
d) o‘qituvchiga birinchi malaka toifasini berish quyidagi ko‘rsatgichlar asosida amalga oshiriladi:
o‘qituvchi xodim malakasi — badiiy pedagogika amaliyoti va nazariyasidagi bilim darajasi, qobiliyat va ko‘nikmalari, o‘tayotgan fanining asoslarini, bolalar psixologiyasi asoslarini, o‘quv-uslubiy ishlar tahlili;
o‘z fanini o‘tish metodikasini puxta bilish, o‘quv-uslubiy ishlarni tahlil qila olish;
o‘qituvchi xodimning professionalizmi — o‘quv rejaning, dastur talablarining bajarilishini ta’minlash, badiiy pedagogikaning eng yangi namunalarini qo‘llagan holda o‘quvchilarni yuqori professional darajada o‘qitish;
o‘quv-tarbiyaviy jarayonda uslub, shakl va mazmunni tanlashda psixologik xusussiyatlarni hisobga olishni bilish, o‘quvchining qiziqishi, qobiliyati, rivojlanishi va o‘sishini hisobga olgan holda pedagogik muammolarni hal qilish;
zamonaviy pedagogik uslublarni amaliyotda qo‘llashni bilish, ish jarayonida progressiv fikrlar, shakl va uslublarni qo‘llash;
o‘quvchilar bilan ishlashda diagnostikaning tashkiliy shakllarini egallash;
o‘qituvchi xodimning mehnat samaradorligi -o‘tayotgan fani bo‘yicha dastur talablaridan oshadigan badiiy ta’limdagi yuqori natijalar bo‘yicha, o‘quvchilarni estetik tarbiyalash bo‘yicha davlat talablari;
malaka oshirish kurslarida muntazam va muvaffaqiyatli o‘qish, viloyat, tuman va shahar uslubiy kengashlarida faol ishtirok etishi, o‘z ishida yangi tajribalarni qo‘llash;
sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlarda, jamoat ishlarida faol ishtirok etish;
o‘quvchilarining turli xil tanlovlar, festivallar va olimpiadalarda ishtirok etishlari va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishlari;
BMSMga o‘qish uchun o‘quvchilarni jalb qilish samaradorligi bo‘yicha;
oliy ma’lumot (kamida bakalavr va musiqa sohasidagi o‘rta mahsus tayanch ma’lumoti bilan) to‘g‘risidagi diplom va ikkinchi malaka toifali o‘qituvchi lavozimida uch yildan kam bo‘lmagan mehnat staji.
e) o‘qituvchiga oliy malaka toifasini berish quyidagi ko‘rsatgichlar asosida amalga oshiriladi:
o‘qituvchi xodim malakasi — badiiy pedagogika amaliyoti va nazariyasidagi bilim darajasi, qobiliyat va ko‘nikmalari, o‘tayotgan fanining asoslarini, bolalar psixologiyasi asoslarini, o‘quv-uslubiy ishlar tahlili;
o‘z fanini o‘tish metodikasini puxta bilish, o‘quv-uslubiy ishlarni tahlil qila olish;
o‘qituvchi xodimning professionalizmi — o‘quv rejaning, dastur talablarining bajarilishini ta’minlash, badiiy pedagogikaning eng yangi namunalarini qo‘llagan holda o‘quvchilarni yuqori professional darajada o‘qitish;
o‘quv-tarbiyaviy jarayonda uslub, shakl va mazmunni tanlashda psixologik xusussiyatlarni hisobga olishni bilish, o‘quvchining qiziqishi, qobiliyati, rivojlanishi va o‘sishini hisobga olgan holda pedagogik muammolarni hal qilish;
pedagogik uslub va uning elementlarini mustaqil ishlab chiqish va samarali qo‘llash, keng ommaga tavsiya qilinadigan yangi ta’lim dasturlari, pedagogik texnologiyalar, badiiy ta’lim va estetik tarbiyaning uslublarini mustaqil ishlab chiqish;
o‘qituvchi xodimning mehnat samaradorligi — o‘tayotgan fani bo‘yicha dastur talablaridan oshadigan badiiy ta’limdagi yuqori natijalar bo‘yicha, o‘quvchilarni estetik tarbiyalash bo‘yicha davlat talablari;
malaka oshirish kurslarida muntazam va muvaffaqiyatli o‘qish, viloyat, tuman va shahar uslubiy kengashlarida faol ishtirok etishi, o‘z ishida yangi tajribalarni qo‘llash;
sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlarda, jamoat ishlarida faol ishtirok etish; shaxsiy uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqqanligi;
pedagogik faoliyatida tajriba usullarni qo‘llashi; boshlang‘ich badiiy ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ijodiy guruhlarni boshqarishi natijalari bo‘yicha;
o‘quvchilarining turli xil tanlovlar, festivallar va olimpiadalarda ishtirok etishlari va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishlari;
BMSMga o‘qish uchun o‘quvchilarni jalb qilish samaradorligi bo‘yicha;
oliy ma’lumot (kamida bakalavr va musiqa sohasidagi o‘rta mahsus tayanch ma’lumoti bilan) to‘g‘risidagi diplom va birinchi malaka toifali o‘qituvchi lavozimida uch yildan kam bo‘lmagan mehnat staji.
III. Bilishi kerаk:
a) ta’lim va tarbiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
b) boshlang‘ich san’at ta’limi va estetik tarbiya sohasida amal qiluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar;
d) O‘zbekiston Respublikasi boshlang‘ich san’at ta’limi tizimi rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari;
e) Davlat talablari(standartlari), olib borayotgan fani bo‘yicha o‘quv reja va o‘quv dasturlarga talablar;
f) o‘tayotgan fani bo‘yicha ta’limning ilg‘or shakllari va yuqori usullar, o‘quvchilarning estetik tarbiyasi va badiiy ta’limning didaktik yo‘nalishlari;
g) bolalar psixologiyasi asoslari, o‘tayotgan fanini tashkil qilish va o‘tish uslublari, nazorat qilish usullari, o‘quvchilar bilimini baholash me’zonlari;
h) maqsadli individual ta’lim va estetik ta’limning shakllari va uslublari (individual shaklda ishlaydigan o‘qituvchilar uchun);
i) o‘tayotgan fanidan badiiy pedagogika asoslari, shu jumladan, bilim faoliyati, tanqidiy fikr yuritish, o‘quvchi ijodiy qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish asoslari;
j) ota-onalar bilan ishlash shakllari va uslublari;
k) mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, xavfsizlik texnikasi, maktab xavfsizligi, sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalari.
IV. Mаlаkа tаlаblаri
a) musiqa va san’at sohasida maxsus oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli diplom bo‘yicha “o‘qituvchi” ixtisoslikka ega bo‘lganlar;
b) ish stajiga bo‘lgan talablar taqdimotisiz
V. Klаssifikаtоr bo‘yichа:
O‘qituvchi
ХАLIKK-2017Lаvоzimning nоmiMMSK bo‘yicha kоdiХоdim tоifаsiTа’limning eng pаst dаrаjаsiO‘MKTMTYKM vа ОTYMK
27121
27131-6
Bоlаlаr musiqа vа sаn’аt mаktаbi o‘qituvchisi2453MO‘MKХT3150701, 3150702, 3151703, 3150704, 3150705, 3150201, 3150501,3150801,3150601
2716Bоlаlаr musiqа vа sаn’аt mаktаbi o‘qituvchisi2453MО/M5150100, 51502201, 5150501, 5150600, 5150700, 5151000,5151300, 5150200, 5150301, 5150302, 5150405 5111100, 5111101, 5150900
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.