Ishonch telefoni

Konsertmeyster

9-04-2025, 10:27
33
I. Lаvоzim mаjburiyatlаri
а) maxsus fan va boshqa fanlar o‘qituvchisi bilan birgalikda darsni olib borishga, o‘quv rejasi va ta’lim dasturlarining Davlat talablari asosida bajarilishiga ko‘maklashadi, o‘quvchilarning akademik konsertlar, nazorat darslari, zachyotlar, eshituvlar, imtihonlar, hisobot konsertlari, ko‘rik-tanlovlar, festivallar, maktab va maktabdan tashqari tadbirlardagi ishtirokida yuqori sifatli akkompanementni ta’minlaydi;
b) asarni o‘rganish va ijro etish davrida, o‘quvchining musiqiy chiqishlarini ijodiy tomondan boyitishga qaratilgan ijrosi bilan ko‘maklashadi; asarning mazmunini anglash va o‘zlashtirilishida yordam beradi hamda o‘quvchilarning va ijodiy jamoalarning badiiy-ijrochilik darajasini oshiradi;
d) o‘zining konsertmeysterlik mahorati bilan o‘quvchilarning badiiy va musiqiy madaniyatining rivojlanishini ta’minlaydi;
e) o‘z akkompanementi bilan o‘quvchilarda ijrochilik ko‘nikmalarining shakllanishida yordam beradi, ansambl ijrosi ko‘nikmalarini shakllantiradi, o‘quvchilardagi badiiy didning rivojlanishiga va ijodiy individuallikni tarbiyalashga ko‘maklashadi, musiqiy asarning professional darajadagi ijrosini ta’minlaydi;
f) asarlarni varoqdan o‘qiydi va boshqa tonallikda ijro etadi, musiqa darslari va tadbirlarda akkompanement bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, ta’limning samaradorligini, ijodiy faoliyatning rivojlanishini, o‘quvchining qiziqishlarini baholaydi;
g) akademik konsertlarda, eshituvlarda, zachyotlarda, imtihonlarda, tadbirlarda, xayriya tadbirlarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlarda, ma’rifiy faoliyatda, hisobotlarni tayyorlashda va uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda o‘z faoliyati doirasida ishtirok etadi;
h) maxsus va boshqa fanlar bo‘yicha akkompanementning musiqiy materialini o‘rganib, ijro mahoratini va professional malakasini oshirib boradi; uslubiy kengashlarda va uslubiy ishlarning boshqa shakllarida, hisobotlarni tayyorlashda va musiqiy ijro bo‘yicha uslubiy materiallarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
i) pedagogik kengash va bo‘lim majlislarida, uslubiy kengashlarda, seminarlarda, ochiq darslarda, mahorat darslarida, ishlab chiqarish majlislarida, konferensiyalarda ishtirok etadi;
j) maxsus fan yoki ijodiy jamoa o‘qituvchisi bilan birgalikda ota-onalar bilan boshlang‘ich san’at ta’limi va estetik tarbiya masalalari bo‘yicha ma’rifiy ishlarini olib boradi;
k) BMSMda o‘qish uchun bolalarni jalb qilishda ishtirok etadi;
l) belgalangan hisobot xujjatlarini tuzadi va o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga o‘z vaqtida taqdim etadi; sinf jurnalini o‘z vaqtida va toza to‘ldiradi;
m) BMSM direktori tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga muvofiq o‘ziga belgilangan yuklama hajmini bajaradi; maktabning rejalashtirilgan barcha tadbirlarida ishtirok etadi;
n) o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining farmoyishi bilan o‘rnatilgan tartibda, barcha majburiyatlarni bajargan holda ish joyida vaqtincha bo‘lmagan konsertmeysterning o‘rniga ishlab turadi;
o) egallab turgan lavozimiga muvofiqligini tasdiqlash va malaka toifasini aniqlash uchun BMSM tomonidan belgilangan vaqtda majburiy ravishda attestatsiyadan o‘tadi;
p) o‘z ish vaqti davomida (mutaxassislik yoki ijodiy jamoa o‘qituvchisi bilan birgalikda) musiqiy cholg‘ularning, mebel va jihozlarning saqlanishiga, hamda o‘qituvchi bilan birgalikda faoliyat olib boradigan sinf xonasining sanitar holatiga javobgar hisoblanadi;
q) ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hayoti va sog‘ligini saqlanishini ta’minlaydi, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qoidalarini bajaradi.
II. Bilishi kerаk:
a) ta’lim va tarbiya buyicha O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
b) boshlang‘ich san’at ta’limi va estetik tarbiya sohasida amal qiluvchi me’yoriy-xuquqiy hujjatlar;
d) O‘zbekiston respublikasi boshlang‘ich san’at ta’limi tizimining rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari;
e) mashg‘ulot va repetitsiyalarning o‘tkazilishi uslublarini;
f) musiqa pedagogikasi va bolalar psixologiyasi asoslarini;
g) ansambl munosabatlari qonunlari; ansamblda ijro etish ko‘nikmalari;
h) cholg‘uchilik san’ati asoslari, musiqa cholg‘ularining va ijodiy jamoalarning ijrochilikdagi o‘ziga xosligi;
i) garmoniya, solfedjio, polifoniya, musiqa tarixi, musiqa asarlari analizi, pedagogikaning zarur kurslari;
j) turli davrlarining musiqa asarlari, uslub va janri, an’analari va talqinlari;
k) musiqiy parchalarni tartibga solishning qoidalari va uslublari, o‘quvchilarning individual jismoniy holatlarini hisobga olgan holda alohida harakat elementlariga musiqani tanlash ( xoreografiya sinfi);
l) BMSMning ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, xavfsizlik texnikasi, sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalari.
III. Konsertmeyster (illyustrator) quyidagi ko‘nikma va qobiliyatga ega bo‘lishi kerak
a) umumiy musiqiy qobiliyatga, tasavvurga, rivojlangan eshitish qobiliyatiga, asarning mohiyati va shaklini anglab olish qobiliyatiga, san’atkorlik qobiliyatiga, musiqiy uslublar, shakllar sohasidagi bilimdonlik, vaziyatni tezkorlik bilan baholash, konsert ijrosida muallifning fikrini ilhom bilan amalga oshirmoq;
b) uch qatorli va ko‘p qatorli klavirlarni kompleks qamrab olish va birinchi darajali matnni ikkinchi darajali matndan ustun qo‘ygan holda musiqiy matnni tezkorlik bilan o‘zlashtirish;
d) texnik va musiqiy jihatdan musiqiy cholg‘uni yaxshi bilish;
e) notani varoqdan o‘qiy olish;
f) klavirni jamlash, vertikalni qo‘ra olish, yakkaxon cholg‘u yoki ijodiy jamoaning o‘ziga hos go‘zalligini yoritib berish, musiqiy asarni jonlantirishni ta’minlab berish, dirijyorlik setkasini bera olish va h.k.;
g) transpozitsiyani bilish (vokal ijrochiligi sinfida, damli cholg‘ular sinfida);
h) musiqiy matnni tez o‘zlashtirish, o‘quvchi hamda jamoada o‘rganilayotgan asarga nisbatan o‘z ijrosi bilan qiziqish uyg‘otish;
i) yuqori idrokka, mustahkam asab tizimiga va konsertmeysterlik sezish qobiliyatiga ega bo‘lish;
j) mobillik qobiliyati, tez va faol reaksiya, iroda va dadillik, barcha ijobiy sifatlar.
IV. Mаlаkа tаlаblаri
a) konsertmeysterga mutaxassis malaka toifasini berish o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot (bakalavr) to‘g‘risidagi diplom bo‘lgan holda attestatsiyasiz amalga oshiriladi;
b) konsertmeysterga ikkinchi malaka toifasini berish quyidagi ko‘rsatgichlar asosida amalga oshiriladi:
konsertmeyster malakasi — maxsus fan va boshqa fanlar o‘qituvchilari bilan birgalikda o‘quv rejaning, dastur talablarining yuqori darajada bajarilishiga, o‘quvchilarning akademik konsert, imtihon, hisobot konsertlari, ko‘riklar va tanlovlarda muvaffaqiyatli ijro etishlariga ko‘maklashuvchi konsertmeysterlik mahorati darajasini baholash yo‘li bilan;
konsertmeysterning professionalizmi — notani varoqdan o‘qish qobiliyatiga qarab, ma’lum bir qiyin darajadagi akkompanementni yaxshi ijro etish, musiqiy matnni tez o‘zlashtirish, yuquv jarayonida yuqori natijalarni ta’minlovchi akkompanementning usuli, uslubi va vositalarini ishlatishi;
konsertmeyster mehnatining samaradorligi — davlat va dastur talablariga mos kelgan holda o‘quvchilarning akkompanement bilan birgalikda ijro etish ko‘nikmalarini olishiga ko‘mak bo‘luvchi konsermeysterning yaxshi darajadagi ijrochilik mahorati natijalari bo‘yicha;
BMSMda ta’lim olish uchun o‘quvchilarni jalb qilish natijalari bo‘yicha;
maktabning jamoat ishlarida, uslubiy va ma’rifiy ishlardagi ishtiroki, malakasini oshirish bo‘yicha olgan ta’limi bo‘yicha;
tanlovlar, ko‘riklar va festivallarning turli bosqichlarida konsertmeyster sifatida ishtirok etishi;
oliy ma’lumot (kamida bakalavr) to‘g‘risidagi diplom va oliy ma’lumotli konsertmeyster lavozimida uch yildan kam bo‘lmagan mehnat staji.
Magistr darajasiga ega bo‘lgan konsertmeyster xodimga attestatsiyadan o‘tguniga qadar ikkinchi malaka toifasi beriladi;
 
d) konsertmeysterga birinchi malaka toifasini berish quyidagi ko‘rsatgichlar asosida amalga oshiriladi:
konsertmeyster malakasi — maxsus fan va boshqa fanlar o‘qituvchilari bilan birgalikda o‘quv rejaning, dastur talablarining yuqori professional darajada bajarilishiga, o‘quvchilarning akademik konsert, imtihon, hisobot konsertlari, ko‘riklar va tanlovlarda muvaffaqiyatli ijro etishlariga ko‘maklashuvchi konsertmeysterlik mahorati darajasini baholash yo‘li bilan;
konsertmeysterning professionalizmi — notani varoqdan o‘qish qobiliyatiga qarab, ma’lum bir qiyin darajadagi akkompanementni yaxshi ijro etish, musiqiy matnni tez o‘zlashtirish, yuquv jarayonida yuqori natijalarni ta’minlovchi akkopanementning usuli, uslubi va vositalarini ishlatishi;
konsertmeyster mehnatining samaradorligi — davlat va dastur talablariga mos kelgan holda o‘quvchilarning akkompanement bilan birgalikda ijro etish ko‘nikmalarini olishiga ko‘mak bo‘luvchi konsermeysterning yaxshi darajadagi ijrochilik mahorati natijalari bo‘yicha;
BMSMda ta’lim olish uchun o‘quvchilarni jalb qilish natijalari bo‘yicha; maktabning jamoat ishlarida, uslubiy va ma’rifiy ishlardagi ishtiroki, malakasini oshirish bo‘yicha olgan ta’limi bo‘yicha; tuman, shahar, viloyat, respublika miqiyosida o‘tkazilgan tanlovlar, olimpiadalar va festivallarda sovrinli o‘rinlar; BMSMda ta’lim olish uchun o‘quvchilarni jalb qilish natijalari bo‘yicha;
oliy ma’lumot (kamida bakalavr) to‘g‘risidagi diplom va ikkinchi malaka toifali o‘qituvchi lavozimida uch yildan kam bo‘lmagan mehnat staji.
 
e) konsertmeysterga oliy malaka toifasini berish quyidagi ko‘rsatgichlar asosida amalga oshiriladi:
konsertmeyster malakasi — maxsus fan va boshqa fanlar o‘qituvchilari bilan birgalikda o‘quv rejaning, dastur talablarining yuqori professional darajada bajarilishiga, o‘quvchilarning akademik konsert, imtihon, hisobot konsertlari, ko‘riklar va tanlovlarda muvaffaqiyatli ijro etishlariga ko‘maklashuvchi konsertmeysterlik mahorati darajasini baholash yo‘li bilan;
konsertmeysterning professionalizmi — notani varoqdan o‘qish qobiliyatiga qarab, qiyin darajadagi akkompanementni yaxshi ijro etish, musiqiy matnni tez o‘zlashtirish, yuquv jarayonida yuqori natijalarni ta’minlovchi akkopanementning usuli, uslubi va vositalarini ishlatishi;
konsertmeyster mehnatining samaradorligi — davlat va dastur talablariga mos kelgan holda o‘quvchilarning akkompanement bilan birgalikda ijro etish ko‘nikmalarini olishiga ko‘mak bo‘luvchi konsertmeysterning yaxshi darajadagi ijrochilik mahorati natijalari bo‘yicha;
BMSMda ta’lim olish uchun o‘quvchilarni jalb qilish natijalari bo‘yicha;
maktabning jamoat ishlarida, uslubiy va ma’rifiy ishlardagi faol ishtiroki, malakasini oshirish bo‘yicha olgan ta’limi bo‘yicha; tuman, shahar, viloyat, respublika va xalqaro miqiyosda o‘tkaziladigan uslubiy tadbirlarda doimiy ishtirok etishi; tuman, shahar, viloyat, respublika miqiyosida va xalqaro darajada o‘tkazilgan tanlovlar, olimpiadalar va festivallarda sovrinli o‘rinlar;
metodik qo‘llanmalarining mavjudligi;
oliy ma’lumot (kamida bakalavr) to‘g‘risidagi diplom va birinchi toifali o‘qituvchi lavozimida uch yildan kam bo‘lmagan mehnat staji.
 
V. Klаssifikаtоr bo‘yichа:
ХАLIKK-2017Lаvоzimning nоmiMMSK bo‘yicha kоdiХоdim tоifаsiTа’limning eng pаst dаrаjаsiO‘MKTMTYKM vа ОTYMK
27121
27131-6
Kоnsertmeyster (illyustrаtоr)2453MO‘MKХT3150701, 3150702, 3151703, 3150704, 3150705, 3150201, 3150501, 3150801, 3150601, 3950001
1520Kоnsertmeyster (illyustrаtоr)2453MО/M5151600, 5150700, 5150702
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.