Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Yangiliklar » “Bahor” davlat raqs ansambli tomoshabinlarga ajoyib konsert dasturini taqdim etdi

“Bahor” davlat raqs ansambli tomoshabinlarga ajoyib konsert dasturini taqdim etdi

23-03-2025, 11:02
18
Tashkent City Mall ko‘ngilochar savdo markazida ajdodlarimizdan meros qadriyatlar, bahoriy shodiyonalar, yangilanish va ezgulik ramzi bo‘lgan Navro‘z ayyomi munosabati bilan Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli tomoshabinlarga ajoyib konsert dasturini taqdim etdi.
 
“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur chiqishlarda milliy raqslar, jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar va betakror sahna harakatlari bayram shukuhi bilan uyg‘unlashdi. Ularning har bir harakati Navro‘zning yangilanish ruhi, Vatan mehri va xalqimizning boy madaniy merosini o‘zida mujassam etdi.
 
Mazkur tadbir Navro‘z tantanalariga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, xalqimizga bayram kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish imkonini berdi.
 
Navro‘z muborak bo‘lsin! Qadriyatlarimiz abadiy yashasin!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.